Saylov uchastkalarida ish qizg‘in
Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi 550-saylov uchastkasi tumanning 22- umumiy o‘rta ta’lim maktabi binosida joylashgan.
Saylov komissiyasi a’zolari uchun uchta xona ajratilgan. Bu yerda barcha sharoitlar yaratilgan. Har bir xona televizor, yuqori tezlikda ishlovchi internet tarmog‘iga ulangan. Kompyuterlar, telefon, faks va boshqa kerakli jihozlar bilan ta’minlangan.

– Saylov yaqin, ishlar va tayyorgarlik ham shunga yarasha, – deydi uchastka komissiyasi raisi Shaxob Sharipov. – A’zolarning siyosiy bilimlarini boyitish maqsadida o‘quv seminarlari ham davom etmoqda. Muhimi, saylov qonunchiligi hamda nomzodlar to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berib, tayyorgarlik jarayonlarini kuchaytiryapmiz.

G‘ijduvon tumandagi 587-saylov uchastkasi 20-maktab binosida joylashgan. Mazkur saylov uchastkasida ham barcha kerakli jihozlar mavjud. Ayni vaqtda viloyat bo‘ylab barcha uchastkalarda saylov jarayonlariga qizg‘in hozirlik ko‘rilmoqda.

Zarif Komilov, O‘zA