Saylov – imkoniyat va mas’uliyat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga bo‘lib o‘tadigan saylovga sanoqli kunlar qoldi.
Shu bois harbiy xizmatchilarning siyosiy bilim darajasini yuksaltirish maqsadida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi tashabbusi bilan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Sirdaryo viloyat bo‘limi bilan hamkorlikda Mirzaobod tumanidagi 532-son safarbarlik chaqiruvi rezervi batalonida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Ta’kidlanganidek, joriy yilning 24 oktyabrida bo‘lib o‘tadigan Prezident saylovi xalqaro saylov standartlariga mos ravishda o‘tkaziladi.
– Uchrashuv mobaynida huquqshunoslar tomonidan saylov huquqining prinsiplari, saylov madaniyati, harbiy xizmatchilarning saylovdagi ishtiroki, saylov jarayonida qonuniylikni ta’minlash masalalari, saylovlarga tayyorgarlik ko‘rish va ularni o‘tkazish, ovoz berishni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tartiblar haqida ma’lumotlar berildi.

Shuhrat Suyarov, Furqat Toshmatov (surat), O‘zA