Savob ishni har kim qilishi kerak
Farg‘ona viloyati Oltiariq tuman hokimligi hamda oltiariqlik tadbirkor Abdusattor Ahmadqulov tashabbusi bilan «Sardor» tantanalar saroyida 16 nafar bolaning xatna to‘yi o‘tkazildi.
Shinam to‘yxona va fayzli davrada to‘plangan to‘y bolalar hamda ularning oila a’zolari, tengdoshlari chehrasidagi mamnuniyat ko‘ngillarni shod etdi.
Oltiariq tumani hokimi Sh. Turdaliyev bolalarni bugungi shodiyona kun bilan qutladi. Sektor rahbarlari bilan birgalikda ularga pul va sovg‘alar topshirildi.
Davrada so‘zga chiqqan mahalla faollari va nuroniylar, to‘y bolalar onalari bunday xayriya tadbirlari hamda mehr-saxovat ishlari uchun tashkilotchilarga minnatdorlik izhor qildilar.
[gallery-12328]
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA