Saudiya va Ukraina yetakchilari uchrashdi
Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Ol Saud kecha kechqurun Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan Jiddadagi Al-Salom saroyida rasmiy muzokara o‘tkazdi. Suhbat davomida ikki tomonlama munosabat rivoji, so‘nggi o‘zgarishlar va Ukrainadagi inqiroz muhokama qilingan. Bu haqda "China Daily" xabar berdi.
Shahzoda tinchlik o‘rnatish yo‘lidagi xalqaro ishlarni qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini tasdiqladi.
O‘z navbatida Zelenskiy Podshohlikning sa’y-harakatlari uchun minnatdorlik bildirib, uning Yaqin Sharq va boshqa mintaqalardagi muhim o‘rnini ta’kidlagan.
Musulmon Ziyo, O‘zA