Saudiya Arabistoni velosport federatsiyalari hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqadi
O‘zbekiston Velosport federatsiyasi va Saudiya Arabistoni Velosport federatsiyasi o‘rtasida hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan anglashuv memorandumi imzolandi.
Tadbirda Saudiya Arabistoni Velosport federatsiyasi prezidenti Abdulaziz Ali Al-Шаҳроний hamda O‘zbekiston Velosport federatsiyasi bosh kotibi Xurshid Атакулов ishtirok etdi.
Memorandum ikki mamlakat o‘rtasida velosportni yanada rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, sportchilar va mutaxassislar uchun yangi imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.
Kelishuv doirasida shosse, trek, tog‘ velosporti va BMX yo‘nalishlarida hamkorlik qilish, xalqaro musobaqalar va chempionatlarni o‘tkazishda tajriba almashish, murabbiylar hamda mutaxassislar o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan.
Shuningdek, qo‘shma o‘quv-mashg‘ulot yig‘inlari va sportchilarni tayyorlash dasturlarini tashkil etish, yoshlar o‘rtasida velosportni ommalashtirish, параvelosportни rivojlantirish, sport tadbirlarini tashkil etish hamda xavfsizlik standartlarini takomillashtirish bo‘yicha hamkorlik qilishga kelishib olindi.
Mazkur memorandum O‘zbekiston va Saudiya Arabistoni velosport federatsiyalari o‘rtasidagi do‘stona va professional aloqalarni yanada mustahkamlash, tajriba almashish va ikki mamlakatda velosportning rivojiga xizmat qiladi.
Javohir Toshxo‘jayev, O‘zA