Sardorlar muzeyga sayohat qildi
FOTOREPORTAJ
O‘zbekiston bolalar tashkiloti Surxondaryo viloyati hududiy bo‘limi tizimida faoliyat olib borayotgan sardorlar ishtirokida Termiz shahrida joylashgan arxeologiya muzeyiga “Sardorlar sayohati” tashkil etildi.
Vohada bolalar o‘rtasida ichki turizmni rivojlantirish va ularning tarixiy madaniyatimizga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan sayohat davomida sardorlar Termiz arxeologiya muzeyida bo‘lib, viloyat tarixi, qadimiy vohaning rivojlanish bosqichlari va dunyo tamaddunida tutgan o‘rni bilan yaqindan tanishdi.
[gallery-18300]
Muzeyda vohaning boy o‘tmishi, madaniyati va buyuk ajdodlarning nodir ilmiy merosiga oid 200 mingdan ortiq turli ashyolar, asori-atiqalar, qiziqarli manbalar saqlanmoqda.
Sayohat yoshlarda boy taassurot qoldirdi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA