Sardobada birinchi “Hosil karvoni” xirmonga keldi
Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida joriy yil hosili uchun yetishtirilgan paxta xom-ashyosini yigʻib-terib olish, yigʻim-terim mavsumining ramziy boshlanishi hisoblangan “Hosil karvoni” tadbiri boʻlib oʻtdi.
Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida joriy yil hosili uchun yetishtirilgan paxta xom-ashyosini yigʻib-terib olish, yigʻim-terim mavsumining ramziy boshlanishi hisoblangan “Hosil karvoni” tadbiri boʻlib oʻtdi.
Shu munosabat bilan “Paxtaobod” aksiyadorlik jamiyati paxta tozalash korxonasida oʻtgan tadbirda viloyat, tuman hokimliklari, tumandagi mutasaddi tashkilotlar rahbarlari, tuman sektorlari rahbarlari, mehnat faxriylari va fermer xoʻjalik rahbarlari ishtirok etdi.
Erta bahorda 10 ming gektar yerga chigit ekilib, jami 25 ming tonnalik “oq oltin” xirmoni choshlash yoʻlida tuman paxtakorlari qilingan mashaqqatli mehnatlar evaziga yetishtirilgan paxta hosili pishib yetildi. Tumanda paxta yigʻim-terimni uyushqoqlik va sifatli tashkil etish maqsadida 144 ta otryad shakllantirildi.
– Oldimizda ushbu yetishtirilgan hosilni nest-nobud qilmasdan, yogʻin-sochinli kunlarga qoldirmasdan yigʻib-terib olish vazifasi turibdi, – deydi tuman hokimi A.Xidirov – Qishloq xoʻjaligida ham mehnat unumdorligi va sifatida ishchilar uchun yaratilgan qulay ish sharoiti va mehnatkashlarning salomatligi, moddiy va maʼnaviy manfaatdorligi bilan bogʻliq boshqa ijtimoiy muhofaza tadbirlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtayi nazardan joriy yilgi terim mavsumida ham terimchilarning ijtimoiy muhofazasi ularga munosib mehnat sharoiti yaratish masalalari asosiy diqqat-eʼtiborimizda boʻladi.
Yigʻim-terim oldidan, azaliy urf-odatlarimizga koʻra jonliq soʻyilib, qurbonlik qilindi hamda Qurʼon tilovat tushirildi va tumanda yigʻim-terimga kirishildi.