Sankt-Peterburgda tarixiy zavod yonib ketdi
12 aprel kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida tarixiy fabrika yonib ketdi. Qirq kishi hodisa joyidan evakuatsiya qilingan, ikki o‘t o‘chiruvchi kasalxonaga yotqizilgan.
Kuchli alanga oqibatida shahar bo‘ylab qora tutun paydo bo‘lgan.
Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in Neva daryosining Oktyabrskaya qirg‘og‘idagi "Nevskaya manufaktura" binosida sodir bo‘lganini ta’kidlayapti.
Zavod sobiq ittifoq davrida milliylashtirilgan va davlat korxonasi sifatida faoliyat yuritgan. Keyinchalik, 1992 yilda xususiylashtirilgan.
So‘nggi yillarda binoning ayrim qismlari mato ishlab chiqarish bilan shug‘ullangan. Yana ba’zi joylari ofis maydoni sifatida ijaraga berilgan.