Sanatoriya va dam olish muassasalari soni 749 taga yetdi
Yurtimizda aholiga qulay shart-sharoitlar yaratish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, aholining sanatoriya-kurort muassasalarida dam olishi uchun keng imkoniyatlar muhayyo qilinmoqda.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-yanvar holatiga O‘zbekistonda sanatoriya-kurort muassasalari va dam olish tashkilotlari ob’ektlari soni 749 tani tashkil etgan. Bu ko‘rsatkich 2010-yilga nisbatan 471 taga ko‘paygan.
2021-yilning 1-yanvar holatiga esa sanatoriya-kurort muassasalari soni 217 tani tashkil etgan edi.
Shuningdek, 2025-yilda sanatoriya-kurort muassasalari va dam olish tashkilotlari xizmatlaridan 660,1 ming nafar kishi foydalangan.
M.Komilova, O‘zA