Sanʼatga oshufta qalb
Andijonlik Xotiraxon Andijon sanʼat kollejida milliy xalq cholgʻulari boʻlimi rahbari, oʻqituvchi va dirijyor sifatida faoliyat yuritib kelmoqda
8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni
Andijonlik Xotiraxon Andijon sanʼat kollejida milliy xalq cholgʻulari boʻlimi rahbari, oʻqituvchi va dirijyor sifatida faoliyat yuritib kelmoqda.
Sohada 40 yillik ish tajribasiga ega ustoz faoliyati davomida yuzlab yoshlarga chang musiqa asbobini chalish sirlarini oʻrgatgan. Shuningdek, opa boshchiligidagi “Tarona” xalq cholgʻulari kamer orkestri 2010 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqda.
Xotiraxon Akromovaning samarali mehnatlari yuksak baholanib, 2013 yilda “Shuhrat” medali bilan taqdirlangan. Shuningdek, “Yil ayoli – 2017” tanlovining mamlakat bosqichida “Yilning eng yaxshi ijodkor ayoli” nominatsiyasi gʻolibi boʻlgan.




