Samolyot manzilidan 850 kilometrga adashdi
25 mart kuni Londondan Dyusseldorfga parvoz qilgan “British Airways” aviakompaniyasi layneri xato tufayli Shotlandiyaning Edinburgiga qoʻndi. Bu shahar samolyot yoʻlovchilarni yetkazishi kerak boʻlgan manzildan 850 kilometr narida joylashgan.
25 mart kuni Londondan Dyusseldorfga parvoz qilgan “British Airways” aviakompaniyasi layneri xato tufayli Shotlandiyaning Edinburgiga qoʻndi. Bu shahar samolyot yoʻlovchilarni yetkazishi kerak boʻlgan manzildan 850 kilometr narida joylashgan.BBCning qayd etishicha, yoʻlovchilar samolyot qoʻngandan soʻnggina boshqa manzilga kelib qolganliklarini bilishgan. Ekipaj aʼzolari Germaniyaga safarni davom ettirish istagida boʻlganlar qoʻlini koʻtarishini soʻraydi. Barcha yoʻlovchi qoʻlini koʻtaradi. Shundan soʻng layner yana parvozni davom ettiradi va ikki soatdan keyin belgilangan manzilga qoʻnadi.
Aviakompaniya mazkur hodisa Londonda uchish oldidan ekipajga berilgan notoʻgʻri parvoz rejasi tufayli sodir boʻlgan, deb izoh bergan.