Samira Ismoilova yana şohsupaga kötarildi
Qozoğiston poytaxti Ostona şahrida velosportning trek yönalişi böyiça «Astana Open Series» xalqaro turniri davom etmoqda.
Musobaqaning Olimpiya öyinlari dasturidan örin olgan “omnium” yönalişida Özbekiston terma jamoasi aʼzosi Samira Ismoilova muvaffaqiyatli iştirok etib, kumuş medalni qölga kiritdi. Yana bir hamyurtimiz Asal Rizayeva esa törtinçi natijani qayd etdi.
Samira Ismoilova avvalroq “skretch” dasturida ham kumuş medalga sazovor bölgan edi. Şuningdek, musobaqaning “elimination” yönalişida ham vakillarimiz hisobida kumuş va bronza medallari mavjud.
Şu tariqa, Özbekiston terma jamoasi vakillari Ostonadagi xalqaro musobaqada munosib natijalarni qayd etmoqda.
Javohir Toşxöjayev,
ÖzA