Samimiy inson, serqirra ijodkor Nosir Muhammad xotirasiga ehtirom
Milliy jurnalistikamizda Nosir Muhammad (Nasriddin Muhammadiyev) mohir publitsist, qalami ötkir jurnalist, adib va şoir, mahoratli tarjimon sifatida nom qozongan. Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasida Özbekistonda xizmat körsatgan madaniyat xodimi, taniqli şoir va adib Nosir Muhammad tavalludining 80 yilligiga bağişlangan adabiy-maʼrifiy xotira keçasi bölib ötdi.
Adabiyot ixlosmandlari, ijodkorlar, olimlar va jamoatçilik vakillari iştirok etgan mazkur tadbirda şoirning özbek adabiyoti rivojiga qöşgan hissasi, boy ijodiy merosi, milliy şeʼriyatimizda tutgan örni hamda maʼnaviy-maʼrifiy qaraşlari haqida söz yuritildi.
Adabiy anjumanda Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi raisining örinbosari Ğayrat Majid, Qozoğiston özbeklari «Döstlik» hamjamiyatining faxriy raisi Ikrom Hoşimjonov, taniqli sanʼatkor Farhod Abdullayev, adabiyotşunos olim Sultonmurod Olimov, tarjimon Xayrulla Hamidov, Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş «Nuroniy» jamğarmasi Respublika boşqaruvi raisining birinçi örinbosari, taniqli jurnalist Şarof Ubaydullayev Nosir Muhammadning ijodiy faoliyati, insoniy fazilatlari va ijodining serqirra jihatlari xususida batafsil söz yuritdi.
– Nasriddin aka bilan köp marta birgalikda mehnat qilganmiz, – dedi Sultonmurod Olimov. – U bir neça xorijiy tillarni bilar edi. Çaqqon, ziyrak, xuşçaqçaq, samimiy va kamtarin inson edi. Alişer Navoiy ğazallarini juda yuksak mahorat bilan şarhlar edi. Millatimiz va xalqimiz manfaati yölida xizmat qilişdan tolmaydigan serqirra inson sifatida qalbimizda qolgan.
– Nasriddin Muhammadiyev katta şaxs edi, – dedi taniqli jurnalist Şarof Ubaydullayev. – Uning otasi Misr boboni tanirdim. U kişi Yakkaboğ tuman gazetasida 30 yil muharrir sifatida mehnat qilgan edi. Nasriddin Muhammadiyev oqköngil, odamoxun, yaxşi şaxmatçi, diplomat, şoir, publitsist, adib va tarjimon edi. Bizning qadrdonligimiz 50 yilga borib taqaladi. Agar biror insondan yaxşilik yoki mehr körgan bölsa, buni umr böyi unutmas edi.
Aytiş joizki, Prezidentimiz Şavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda inson qadrini uluğlaş, milliy jurnalistika va adabiyot sohalariga munosib hissa qöşgan ijodkorlar xotirasini eʼzozlaş borasida ibratli işlar amalga oşirilmoqda. Bu ezgu tamoyillar Nasriddin Muhammadiyev xotirasini ardoqlaşga qaratilgan tadbirlarda ham yaqqol namoyon bölmoqda.
Özbekiston Yozuvçilar uyuşmasi axborot xizmati taqdim etgan maʼlumotlarga köra, Nasriddin Muhammadiyev 1946-yilda Qaşqadaryo viloyatining Yakkaboğ tumanida tavallud topgan. Toşkent davlat universitetida tahsil olgaç, jurnalistika sohasida mehnat faoliyatini boşlagan. Turli yillarda «Toşkent oqşomi» gazetasi, «Yoşlik» jurnali, Özbekiston Milliy axborot agentligi, Taşqi işlar vazirligi matbuot xizmati kabi taşkilotlarda faoliyat yuritgan. Şuningdek, Nasriddin aka uzoq yillar davomida Respublika Baynalmilal madaniyat markaziga raislik qilib, mamlakatimizda turli millat va konfessiya vakillari örtasidagi özaro döstlik va hamjihatlik, özaro bağrikenglik munosabatlarini mustahkamlaşga munosib hissa qöşgan edi.
Uning ijodkorlik va jurnalistlik faoliyati bir-biri bilan uzviy boğliq holda keçdi. Şoir adabiyot maydoniga öziga xos ovoz, samimiy tuyğular va hayotiy muşohadalar bilan kirib keldi. Uning «Guldasta», «Yoşlik», «Salom, kelajak», «Bahor taronasi», «Sumalakdan toş topdim» kabi şeʼriy kitoblari kitobxonlar eʼtiborini qozongan. «Şaytonning isteʼfonomasi» nomli hajviy şeʼrlar töplami esa ijodkorning adabiy imkoniyatlari va hayot hodisalariga hajviy nigoh bilan yondaşiş mahoratini namoyon etadi.
Nosir Muhammad şeʼriyatida inson qalbi, hayot va zamon haqidagi muşohadalar, milliy qadriyatlar, Vatanga muhabbat, ezgulik va maʼnaviyat masalalari samimiy ifoda etilgan. Şoir sözning badiiy qudrati, fikrning teranligi va tuyğularning tabiiyligiga alohida eʼtibor qaratgan. Uning şeʼrlarida hayotga hassos munosabat, inson ruhiyatini anglaşga intiliş va milliy adabiy anʼanalarga sadoqat yaqqol seziladi.
Ijodkorning adabiy faoliyati faqat şeʼriyat bilan çeklanmagan. U tarjimon va xalqaro jurnalist sifatida ham samarali mehnat qilgan. Şeʼrlari Moskvada çop etilgan «Istoki», «Vdoxnoveniye», «Poeziya» kabi adabiy almanaxlardan örin olgan. Şuningdek, uning ijod namunalari «Izhor» va «Vatan muhabbati» kabi töplamlarda ham eʼlon qilingan. Bu esa şoir ijodining xalqaro adabiy aloqalar doirasida ham munosib örin egallaganidan dalolat beradi.
Xotira keçasida Nosir Muhammadning serqirra ijodiy faoliyati, insoniy fazilatlari va adabiyotimiz tarixidagi munosib örni haqida samimiy xotiralar örtoqlaşildi. Şoirning adabiy jarayondagi faol iştiroki, ijodkorlar avlodini qöllab-quvvatlaşdagi örni, adabiyot va maʼrifatga sadoqati, şeʼriyatga bölgan masʼuliyatli munosabati hamda boy hayotiy tajribasi yoş avlod uçun ham ibrat maktabi ekani taʼkidlandi.
Tadbir yakunida Nosir Muhammadning adabiyotimizda qoldirgan boy maʼnaviy merosi kelgusi avlodlar uçun ham muhim ijodiy maktab bölib xizmat qilişi eʼtirof etildi. Adabiy-maʼrifiy xotira keçasi şoir şaxsiyati va ijodiga bölgan çuqur hurmat, ustoz ijodkorlar xotirasini eʼzozlaş hamda milliy adabiy merosimizni asrab-avaylaş tuyğulari bilan yöğrilgan samimiy ruhda ötdi.
Nazokat Usmonova,
ÖzA muxbiri