Sambochilarimiz jahon chempionatida 15 ta medalni qo‘lga kiritdi
Gretsiyaning Saloniki shahrida kadetlar, o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida sambo bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi. Unda dunyoning turli mamlakatlaridan iqtidorli sportchilar g‘oliblik uchun bahs olib bordi.
Musobaqaning so‘nggi kunida kadetlar o‘rtasidagi bellashuvlarda hamyurtimiz Akbarshoh Bibolatov kumush medalga sazovor bo‘ldi. Gulnoza Matnazarova va Baxtiyor Qaldiboyev esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston sambo terma jamoasi jahon chempionatini 3 ta oltin, 2 ta kumush va 10 ta bronza, jami 15 ta medal bilan yakunladi.
Javohir Toshxo‘jayev,
O‘zA