Poytaxtimizda sambo bo‘yicha “Bolalarni himoya qilish kuni”ga bag‘ishlangan musobaqalar yuzga yaqin navqiron avlod vakillarini sport bayramida jamladi.

2010-2011 hamda 2012-2014 yillarda tavallud topgan bolalar o‘rtasidagi musobaqalar ilk bor sport maydoniga qadam qo‘ygan murg‘ak qalb egalari va ularning ota-onalariga bir olam zavq bag‘ishladi.  

– Yoshlar, ayniqsa bolajonlarni ommaviy tadbirlarga jalb etish orqali ularda sog‘lom turmush tarzi ko‘nikmalarini shakllantirish asosiy vazifalarimizdan biri sanaladi. Iyun oyi yurtimizda “Yoshlar oyligi”, deb e’lon qilingani munosabati bilan mamlakatimizning bir qator maskanlarida, yozgi oromgohlarda, istirohat bog‘larida ko‘ngilochar musobaqalar o‘tkazishni reja qilganmiz, – deydi O‘zbekiston sambo assotsiatsiyasi raisi Alisher Alimov.  

Turnir yakuniga ko‘ra g‘olib va sovrindorlarga diplom, medal va esdalik sovg‘alari topshirildi.  

T. Ro‘ziyev, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Sambo: yoshlar ommaviy musobaqalarga keng jalb etiladi