Samarqandlik yoshlar kubok gʻolibi
Samarqand shahridagi yakkakurash sport turlariga ixtisoslashtirilgan bolalar-oʻsmirlar sport maktabida 2004-2005 yillarda tugʻilgan oʻgʻil-qizlar oʻrtasida yunon-rum kurashi va erkin kurash boʻyicha Oʻzbekiston kubogi jamoaviy bellashuvlari oʻtkazilmoqda.

Dastlab, yunon-rum kurashi boʻyicha bellashuvlar boʻlib oʻtdi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi, barcha viloyatlar va Toshkent shahridan jamoalar ishtirok etgan musobaqada polvonlar oʻn vazn toifasida gilamga chiqdi.
38, 41, 44, 48, 52, 57, 62, 68, 75, 85 kilogramm vazn toifalarida oʻtkazilgan bahslar yakunida mezbon – Samarqand viloyati jamoasi buxorolik polvonlarga qarshi bellashdi. Murosasiz kechgan bahsda samarqandlik yoshlar raqiblarini 7:3 hisobida magʻlub etib, Oʻzbekiston kubogi sohibiga aylandi. 3-oʻrinni Toshkent viloyati jamoasi qoʻlga kiritdi. Ular fargʻonalik polvonlarni 7:3 hisobida magʻlub etdi.
Musobaqa gʻolib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.