Samarqandlik o‘quvchilar Respublikada tengsiz
“Turon” maktab teatri tanlovining Respublika bosqichida Samarqand shahridagi 80-umumta’lim maktabi jamoasi birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Tanlovda “Turon” nomi ostida sahnaga chiqqan samarqandlik o‘quvchilar Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” (“Qush tili”) asari asosida sahna ko‘rinishi namoyish etdi.
Jamoa a’zolarining aktyorlik mahorati, sahna madaniyati va obrazlarni jonli talqin etishi tomoshabinlar hamda hakamlar hay’ati a’zolarida hayrat uyg‘otdi.
Hududiy saralash bosqichlarida yo‘llanmaga ega bo‘lgan 14 jamoa orasida ikkinchi o‘rin Buxoro viloyati Kogon shahridagi 3-maktabning “Elegant” jamoasiga, uchinchi o‘rin Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanidagi 55-maktabning “Tan nuri” jamoasiga nasib etdi.
G‘.Hasanov, O‘zA