Samarqanddan Moskvaga uchgan samolyot ortga qaytdi
«RIA Novosti» xabar berishicha, "Rossiya" aviakompaniyasining «Sukhoi Superjet 100» samolyoti bugun ertalab Samarqand xalqaro aeroportidan havoga ko‘tarilib, Moskvaga yo‘l olgan. Afsuski, reys aniqlanmagan texnik sabab bilan boshlang‘ich manzilga qaytgan.
""Rossiya" aviakompaniyasining «FV-6552» reysi Samarqand xalqaro aeroportidan bugun mahalliy vaqt bilan 07:17 da Moskvaga qarab uchdi. Texnik sababga ko‘ra ekipaj yo‘nalishni orqaga burishga qaror qildi va belgilangan tartibda soat 9:00 da dastlabki nuqtaga qo‘ndi", - degan aeroport xodimi.
Aniqlik kiritilishicha, hozir «Sukhoi Superjet 100» layneri aeroportning zaxira yo‘lagida turibdi, yo‘lovchilardan hech kim jarblangani yo‘q.