Samarqanddagi ko‘pkarida Ixtiyor polvon “Cobalt”li bo‘ldi
Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan bugun Jomboy tumanidagi Qoraqasmoq otchoparida uloq-ko‘pkari musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
Samarqand viloyati hokimligi tashabbusi bilan tashkil etilgan tadbirda yurtimizning turli hududlaridan, shuningdek, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikistondan chavandozlar ishtirok etdi.

Musobaqada chaqqon, epchil chavandoz va polvonlar asosiy sovrinlar — tuya, toy, tana, gilam va ko‘plab sovrin hamda pul mukofotlarini qo‘lga kiritdi.
Viloyat hokimligi tomonidan qo‘yilgan bosh sovrin – “Cobalt” avtomobili payariqlik polvon Ixtiyor Tolipovga nasib etdi. U toshkentlik chavandoz Sarvar Umurzoqovning “Bodom” laqabli otida ushbu mukofotga sazovor bo‘ldi.

G‘.HASANOV, O‘zA