Samarqandda yapon olmasi yetishtirilmoqda
Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vitse-prezidenti Kazuxiko Koshikava boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Samarqand veterinariya meditsinasi institutiga Yaponiya Xalqaro hamkorlik agentligi (JICA) vitse-prezidenti Kazuxiko Koshikava boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.
Institut axborot xizmatining xabar berishicha, institut rektori X.Yunusov bilan muloqot chogʻida Oʻzbekiston va Yaponiya oʻrtasidagi doʻstona munosabatlarning mustahkamlanayotgani, taʼlim sohasidagi hamkorlik aloqalari va amalga oshirilayotgan loyihalar xususida soʻz yuritildi.
Shundan soʻng iqtisodiyot fanlari doktori Shavkat Hasanov JICA tomonidan moliyalashtirayotgan “Oʻzbekistonda olma yetishtirishning zamonaviy texnologiyalarini joriy qilish orqali fermerlar daromadini oshirish” loyihasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar haqida maʼlumot berdi.
Delegatsiya aʼzolari institutda mazkur loyiha asosida yetishtirilayotgan Yaponiyaning “Fuji” navli olma daraxti hosilini koʻzdan kechirdi. 10 sotix maydonda tashkil etilgan mazkur intensiv modul bogʻida olma yetishtirishning oʻziga xos jihatlari, soha istiqbollari mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.