Samarqandda yana 3 nafar bemor sogʻaydi
Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan bugun yana 3 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayib chiqdi.
Samarqand viloyati yuqumli kasalliklar shifoxonasidan bugun yana 3 nafar bemor koronavirus infeksiyasidan butunlay sogʻayib chiqdi. Ular viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmasi masʼullari tomonidan reabilitatsiyaga kuzatildi.

Kasallikdan forigʻ boʻlganlarning 1 nafari 39 yoshli erkak, 2 nafari esa 39 va 18 yoshli ayollar boʻlib, uchalasi ham samarqandlik. Ular koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqotda boʻlib, kasallikni yuqtirib olgan.

Shuningdek, bugun viloyat endokrinalogiya dispanserida tibbiy kuzatuv ostida boʻlgan 67 nafar fuqaro ham karantin muddati tugab, uy sharoitidagi tibbiy kuzatuvga kuzatildi.

Viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasining maʼlum qilishicha, ayni paytda Samarqandda 5386 nafar fuqaro karantin nazoratiga olingan.