Qozog‘iston Respublikasi O‘zbekistonning eng yaqin iqtisodiy hamkorlaridan biri hisoblanadi. Samarqand viloyatida qo‘shni davlat tadbirkorlari bilan birgalikda, ular sarmoyasida asosida har yili bir necha loyiha amalga oshirilmoqda.

Viloyat investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi ma’lumotlariga ko‘ra, ayni paytda Samarqandda Qozog‘iston kompaniyalari kapitali ishtirokida 14 ta qo‘shma hamda 4 ta xorijiy korxona faoliyat yuritmoqda.

Jumladan, Qo‘shrabot tumanidagi “OSPAN - KAR INVEST” xorijiy korxonasida poyabzal ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa, Past Darg‘om tumanidagi “PET OIL” korxonasida neft mahsulotlari tayyorlanmoqda. Oqdaryo tumanida qozog‘istonlik hamkorlar ko‘magida tashkil etilgan “MEGANUT FOOD DRIED FRUITS IMPORT-EXSPORT TRADING LTD” mas’uliyati cheklangan jamiyati meva-sabzavot mahsulotlari eksporti bilan shug‘ullanmoqda.

2019-2020 yillarda viloyatda investitsiya loyihalarini amalga oshirish doirasida Qozog‘iston Respublikasidan 786,6 ming dollar miqdorida xorijiy investitsiya o‘zlashtirildi. Joriy yilning birinchi yarmida Bulung‘ur tumanida “FOZIL MINGCHINOR TOMORQA XIZMATI” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan chorvachilikni tashkil etish loyihasi uchun Qozog‘iston davlatidan 13,6 ming dollarlik investitsiya kiritildi.

G‘.HASANOV, O‘zA

English
Chinese
Turkish
Tajik
Kyrgyz
Turkmen
Japanese
Arabic
English
French
Spanish
Русский
German
Ўзбек
Oʻzbek
Қазақ
Samarqandda Qozog‘iston kapitali ishtirokida 18 ta korxona ishlayapti