Samarqandda qaysi ko‘chalar yopildi?
Yangi yil archasi o‘rnatilib, bayram tadbirlari o‘tkazilishi belgilangan hududlarda jamoat tartibini saqlash, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida Samarqand shahar hokimining farmoyishiga ko‘ra, shaharning quyidagi ko‘chalarida 2020 yilning 22 dekabridan 2021 yilning 5 yanvariga qadar avtotransport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatilgan:
- Qorasuv massividagi chorrahadan Iftixor ko‘chasigacha;
- Amir Temur xiyobonidan viloyat musiqali drama teatriga kirish ko‘chasi hamda Ko‘ksaroy maydonida;
- Beruniy ko‘chasining Rudakiy ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Temiryo‘l vokzaliga qadar bo‘lgan qismida;
- Turkiston ko‘chasining Sartepa maskanidan TATU Samarqand filiali akademik litseyi oldidan o‘tgan 200 metr qismida;
- Kimyogarlar shaharchasi Umid ko‘chasining Ziyokorlar ko‘chasi chorrahasidan Darg‘om ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
- Kimyogarlar shaharchasi Darg‘om ko‘chasining 1-madaniyat va dam olish markazi oldidan o‘tuvchi qismida;
- So‘lim shaharchasi Zakovat ko‘chasining Almati ko‘chasi bilan kesishgan chorrahasidan Mevali ko‘chasigacha bo‘lgan qismida;
- So‘lim shaharchasi Alisher Navoiy ko‘chasining 2-madaniyat va dam olish markazi binosi oldidan o‘tgan qismida;
- Farhod shaharchasidagi “Zarafshon” istirohat bog‘i oldidan o‘tuvchi ikkita ko‘chada.
Mazkur farmoyish qabul qilinishi munosabati bilan shahar jamoat transportining ayrim yo‘nalishlariga vaqtincha o‘zgartirishlar kiritildi.
Viloyat IIBning tegishli sohaviy xizmatlari, milliy gvardiya xodimlari tomonidan jamoat tartibini, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
G‘.HASANOV, O‘zA