Samarqandda bir nafar bemor koronavirusdan vafot etdi
Oʻtkazilgan diagnostik tahlillardan soʻng bemorda “Covid-19” infeksiyasi ham aniqlangan.
Toyloqlik Oʻ. shu yilning 9-may kuni burnidan qon ketishi va umumiy ahvoli ogʻirligi kuzatilganligi sababli Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Samarqand viloyat filiali reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan. Oʻtkazilgan diagnostik tahlillardan soʻng bemorda “Covid-19” infeksiyasi ham aniqlangan.
Ushbu bemor (erkak) surunkali buyrak yetishmovchiligi va anemiya ogʻir darajasi tashxisi bilan dispanser nazoratida boʻlgan. Unga ikkinchi guruh nogironlik ham belgilangan. Shu yilning 28-aprelidan 5-mayigacha u yuqorida keltirilgan tashxis bilan tibbiyot muassasasida davolangan, muntazam rejali dializ seanslarini olib kelgan. Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli mamlakatimizdagi nufuzli mutaxassislar bilan birga xorijlik shifokorlar tomonidan ham bir necha bor konsiliumlar oʻtkazilib, nazoratga olingan.
Biroq mutaxassislarning standartlar asosida oʻtkazgan tezkor reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor oʻtkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligidan vafot etdi.
Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi