“Samarqand tarixi“ birinchi oʻringa munosib
Rossiyaning “Bilimlar kemasi” (“Korabl znaniy”) nomli taʼlim portali tomonidan 13-17 yoshli rassomlar oʻrtasida “Mening Vatanim – mening oʻlkam” mavzusida xalqaro rasmlar tanlovi oʻtkazildi.
Rossiyaning “Bilimlar kemasi” (“Korabl znaniy”) nomli taʼlim portali tomonidan 13-17 yoshli rassomlar oʻrtasida “Mening Vatanim – mening oʻlkam” mavzusida xalqaro rasmlar tanlovi oʻtkazildi.
Quvonarlisi, unda Oʻzbekiston Badiiy akademiyasi tasarrufidagi Samarqand ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati 10-sinf oʻquvchisi Sherzod Donayevning “Samarqand tarixi” mavzusidagi ijodiy ishi 1-oʻringa munosib topilib, tanlov diplomi bilan taqdirlandi.
Shuningdek, mazkur portal tomonidan Samarqand ixtisoslashtirilgan sanʼat maktab-internati direktori G.Qoʻchqorova va mutaxassislik boʻlimi oʻqituvchisi A.Isayevga tashakkurnoma berildi.
“Korabl Znaniy“ taʼlim portali oʻqituvchilar, tarbiyachilar, taʼlim muassasalari mutaxassislari, bolalar va ularning ota-onalari uchun Umumrossiya va xalqaro miqyosida tanlovlarni oʻtkazib keladi.