Samaradorlik va innovatsiya yo‘lidagi bo‘linma
FOTOREPORTAJ
Navoiy viloyati Uchquduq tumanida joylashgan 3-gidrometallurgiya zavodining kompressor stansiyasi hamda aylanma suv ta’minoti uchastkasi texnologik jarayonlarni barqaror energiya resurslari bilan ta’minlashga ixtisoslashgan muhim bo‘linmalardan biri hisoblanadi.
Bo‘linmaning asosiy vazifasi texnologik jarayonlarga zarur siqilgan havo yetkazib berish va aylanma suv tizimi orqali ishlov berilgan suvni belgilangan darajada sovutishdan iborat. Dastlabki bosqichda K-525, SNV-800/1.6, 4VM10-120/9 rusumli kompressorlar hamda uch bo‘linmali suv sovutish minoralari ishga tushirilgan.
2008-yilda BIOX texnologiyasini joriy etish doirasida rekonstruksiya ishlari amalga oshirilib, Germaniyaning “Siemens” kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan SFOG-5.6 rusumli kompressorlar, shuningdek, Turkiyaning “CENK” kompaniyasiga tegishli suv sovutish minoralari o‘rnatildi.
[gallery-28525]
2011-yilda ishlab chiqarish quvvatlarini oshirish maqsadida ikkinchi navbat ishga tushirilib, zamonaviy nasoslar va avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari joriy etildi. 2025-yil boshida esa uchinchi navbat foydalanishga topshirilib, yangi nasos qurilmalari hamda besh seksiyali suv sovutish minorasi ishga tushirildi.
Qayd etish joiz, ushbu bo‘linmada amalga oshirilayotgan modernizatsiya va yangilanish ishlari ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, resurslardan oqilona foydalanish hamda zamonaviy texnologiyalarni joriy etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Siroj ASLONOV (surat), O‘zA