Salomatlik uchun 5000 qadam
Guliston shahrida “Salomatlik uchun 5000 qadam” shiori ostida ommaviy yugurish marafoni o‘tkazildi.
Undan ko‘zlangan maqsad yoshlar salomatligini mustahkamlash, ular o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda viloyatda ommaviy sportni yanada rivojlantirishdir. Yugurish marafonida 300 dan ziyod yosh ishtirok etdi.


Yoshlarni birlashtirgan ushbu tadbirning g‘olib va sovrindorlari tashkilotchilar tomonidan diplom, medal va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
–Marafon tadbirlariga doim qatnashib kelaman, – deydi GulDU talabasi K.Abdullayeva. – Bunda inson o‘zining jismoniy imkoniyatini bilib olish bilan birga sportga yanada qiziqishi ortadi. Men bu tadbirlarda qatnashib, viloyatimizning turli o‘quv dargohlarida ta’lim olayotgan ko‘plab talabalar bilan tanishdim. Men bo‘lib o‘tayotgan bunday marafonlarni do‘stlik marafoni, deb atagan bo‘lardim.


Sh. Suyarov, O‘zA muxbiri