Sahna va tomoshabinni birlashtirgan haftalik
FOTOREPORTAJ
Joriy yilning 21–27-mart kunlari Surxondaryo viloyatida “Teatr tomoshalari haftaligi” o‘tkazilmoqda.
An’anaviy tarzda tashkil etilayotgan mazkur haftalik doirasida tomoshabinlar San’at saroyi davlat muassasasi kirish qismida teatr tarixi, dekoratsiyalar, eskizlar, grim va sahna liboslari hamda teatr ijodiy faoliyatiga oid ko‘rgazmalar bilan tanishmoqda.
[gallery-28351]
Haftalikning ikkinchi kunida Surxondaryo viloyati musiqali drama teatriga tashrif buyurgan san’at ixlosmandlari ham tashkil etilgan ko‘rgazmalarni tomosha qildi. Shuningdek, ijodkorlar bilan uchrashuvlar o‘tkazildi.
Tadbir doirasida rejissyor Akmal Jumayev tomonidan sahnalashtirilgan, Uchqun O‘sarov qalamiga mansub “Kalvak Maxzum” spektakli namoyish etildi.
Haftalik davomida teatr aktyorlari va tomoshabinlar o‘rtasida ijodiy uchrashuvlar, shuningdek, qator spektakllar namoyishi rejalashtirilgan. Jumladan, Alisher Navoiyga bag‘ishlangan “Alisher Navoiy”, “Momo yer”, “Muhabbatim – qismatim mening” hamda “Imom Termiziy” spektakllari tomoshabinlar e’tiboriga havola etiladi.
Jonibek QO‘ZIMURODOV(surat),O‘zA