Sagatova Shoxsanam Forruh qizining psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Nogiron farzandi bor ayollar psixologik farovonligini ta’minlashning ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlari” mavzusida
Sagatova Shoxsanam Forruh qizining 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya. Etnopsixologiya ixtisosligi bo‘yicha “Nogiron farzandi bor ayollar psixologik farovonligini ta’minlashning ijtimoiy-psixologik shart-sharoitlari” mavzusidagi psixologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi PhD.03/30.12.2021.P.01.07 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yil 23 sentyabr kuni soat 14:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Toshkent shahri, Universitet ko‘chasi, 4-uy. O‘zbekiston Milliy universiteti Ijtimoiy fanlari fakulteti binosi, 4-qavat 409-xona.
Tel.: (0-37) 246-67-72
e-mail: nauka@nuuz.uz