Sabrina – yosh gimnastikachi
Buxoro shahridagi 39-ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi Sabrinabonu Kamolova darsdan bo‘sh vaqtida badiiy gimnastika bilan shug‘ullanadi. Viloyat miqyosidagi ko‘plab musobaqalarda g‘olib bo‘lgan.
Buxoro shahridagi 39-ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabining 4-sinf o‘quvchisi Sabrinabonu Kamolova darsdan bo‘sh vaqtida badiiy gimnastika bilan shug‘ullanadi. Viloyat miqyosidagi ko‘plab musobaqalarda g‘olib bo‘lgan.–Qizim gimnastika to‘garagiga qatnay boshlaganidan buyon xarakterida katta o‘zgarish bo‘ldi, o‘z kuch va imkoniyatlariga ishonishni o‘rgandi, – deydi Sabrinaning onasi Nozima Qodirova. – Asosiysi, jismonan va ma’nan sog‘lom bo‘lib voyaga yetmoqda. Bundan juda xursandman.