Ruziyev Xamrokul Jurayevichning iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Respublika agrosanoat majmualarida xizmat ko‘rsatishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusida
Ruziyev Xamrokul Jurayevichning 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” ixtisosligi bo‘yicha “Respublika agrosanoat majmualarida xizmat ko‘rsatishning tashkiliy-iqtisodiy mexanizmini takomillashtirish” mavzusidagi iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi himoyasi Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.15/31.12.2020.I.09.04 raqamli Ilmiy kengashning 2024 yilning 21 dekabr kuni soat 10:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tishini ma’lum qiladi.
Manzil: 100167, Toshkent shahri, Mirobod tumani, Temiryo‘lchilar ko‘chasi, 1-uy.
Tel.: (99871) 299-00-01
e-mail: tstu_info@tdtu.uz