Rustami Emomalini Özbekiston Respublikasining “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni bilan mukofotlaş töğrisida
Özbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni
Özbekiston Respublikasi va Tojikiston Respublikasi örtasidagi azaliy döstlik va yaxşi qöşniçilik munosabatlarini yangi bosqiçga olib çiqiş, strategik şeriklik va ittifoqçilik aloqalarini rivojlantiriş borasidagi katta xizmatlari, parlamentlararo muloqotni kengaytiriş, mamlakatlarimiz hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorligini kuçaytiriş, muştarak tarixiy meros, maʼnaviy qadriyat va anʼanalarni asrab-avaylaş va boyitiş yölidagi samarali faoliyati, xalqlarimiz orasidagi birodarlik riştalarini mustahkamlaşga qöşayotgan munosib hissasi uçun Tojikiston Respublikasi Oliy Majlisi Milliy Majlisi Raisi, Duşanbe şahri raisi Rustami Emomali Özbekiston Respublikasining “Fidokorona xizmatlari uçun” ordeni bilan mukofotlansin.
Özbekiston Respublikasi Prezidenti
Ş.Mirziyoyev