Ro‘yxatdan o‘tmasdan yashash ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladimi?
Huquqiy munosabat
Toshkent davlat yuridik universiteti Yuridik klinikasi xodimi Imomali Tuyevning ma’lum qilishicha, O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining yoki O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarosining va fuqaroligi bo‘lmagan shaxsning yashash joyi yoki turgan joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tmasdan yashashi noqonuniy hisoblanadi.
Bu baziyatda bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari (1 mln 236 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ushbu huquqbuzarlik ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin 1 yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari (2 million 60 ming so‘m) miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA