Rossiyalik mutaxassislar Oʻzbekistonda
Koronavirusga qarshi kurashda shifokorlarimizga koʻmak berish maqsadida yurtimizga yana bir guruh rossiyalik mutaxassislar tashrif buyurdi.
Koronavirusga qarshi kurashda shifokorlarimizga koʻmak berish maqsadida yurtimizga yana bir guruh rossiyalik mutaxassislar tashrif buyurdi.
Tibbiyot fanlari doktori Konstantin Pokrovskiy rahbarligidagi guruh tarkibi 35 nafar Rossiyaning eng nufuzli epidemiolog, pulmonolog, anesteziolog-reanimatolog, infeksionist, rentgenolog, terapevt, xirurg shifokorlar, laboratoriya- diagnostika mutaxassislari hamda anesteziolog hamshiralardan iborat.
Sogʻliqni saqlash vazirligining jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimidan maʼlum qilishicha, ushbu mutaxassislar mamlakatimizning turli hududlarida “COVID-19”ga chalingan bemorlarni davolash ishlarida shifokorlarimiz bilan hamkorlikda ish olib boradi.
Ushbu guruhdan oldin ham Rossiya Federatsiyasining 40 ga yaqin yetuk mutaxassisi yurtimizda bir oy davomida boʻlib, mahalliy shifokorlarimiz bilan birga koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashda ishtirok etgan edi.