Rossiyalik ishbilarmonlar Namanganda
Rossiya Federatsiyasining “Smolensk trikotaj” fabrikasi bosh direktori N.Nikonova ishbilarmonlik tashrifi bilan Namanganga keldi.
Rossiya Federatsiyasining “Smolensk trikotaj” fabrikasi bosh direktori N.Nikonova ishbilarmonlik tashrifi bilan Namanganga keldi.
Viloyat hokimligida boʻlib oʻtgan uchrashuvda Namanganda yengil sanoat, xususan, Rossiya texnologiyasi asosida trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish borasida hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalasi muhokama etildi. Uchrashuvda mamlakatimizning Rossiya Federatsiyasidagi Favqulodda va muxtor elchisi B.Asadov hamda viloyat hokimi X.Bozorov ishtirok etdi.
– Paypoq va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan fabrikamiz Rossiyaning koʻplab yirik kompaniyalari bilan hamkorlik qiladi, – deydi N.Nikonova. – Biz Namanganda ham hamkorlikda yiliga 12 million juft paypoq hamda 1 million dona trikotaj mahsuloti ishlab chiqarish quvvatiga ega fabrika ochishni rejalashtirmoqdamiz. Bu loyihaga 1,6 million dollar investitsiya yoʻnaltiriladi va uni amalga oshirilishi natijasida 300 dan ortiq yangi ish oʻrni yaratiladi.