Rossiyadan Gruziyaga pul o‘tkazmasi keskin kamaydi
Gruziya Milliy banki ma’lumotiga ko‘ra, Rossiyadan Gruziyaga pul o‘tkazmasi miqdori avgust oyida 2004-yil may oyidan beri eng past darajaga tushib, atigi 5,1 million dollarni ko‘rsatdi. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 87,7 foiz va oylik o‘rtacha 87,9 foiz kamayishni anglatadi.
Natijada Gruziyaga pul o‘tkazmasining umumiy qiymati o‘tgan yil fevral oyidan beri birinchi marta 8,2 foiz kamayib, 295.2 million dollarni tashkil etdi.
Statistika yuritila boshlangan 2000-yil yanvaridan beri Gruziyaga pul o‘tkazmasining eng yaxshi uch manbasidan biri bo‘lib kelgan Rossiya endi 11-o‘rinda.
S.Rahimov, O‘zA