Rossiyada "Sputnik light" vaksinasi ro‘yxatdan o‘tkazildi
Ushbu vaksina koronavirus qarshi kuchli immunitet hosil qilinishi uchun bir martagina qo‘llanilsa kifoya, deb xabar bermoqda "RIA Novosti".
Vaksinaning afzalligi shundaki, u qabul qilinganidan so‘ng 28 kun ichida 80 foizlik darajada samaradorlik ko‘rsatgichiga ega bo‘ladi.
Rossiyaning to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalar fondi tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, vaksina Rossiyaning 8 ta yirik farm kompaniyalari tomonidan allaqachon tekshiruvdan o‘tkazilgan, vositaning immunizatsion natijalari 96,7 foiz samaradorlikni ko‘rsatgan.
Preparatning xavfsizligi va immunogenligini o‘rganishning birinchi va ikkinchi bosqichlari 2021 yilning 10 yanvaridan 10 martiga qadar o‘tkazilgan.
Hozirda "Sputnik light" vaksinasining yakuniy bosqichi yetti ming kishilik auditoriyani qamrab olgan holda Rossiya, Birlashgan Arab Amirliklari, Gana davlatlari fuqarolaridagi oraliq natijalar kutilmoqda.