Ronald Kuman: “Tanqidlarga parvo qilmayman”
Penaltida marokashliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Ronald Kuman JCH–2026 1/16 finalida Marokash milliy terma jamoasiga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘lgach, jamoa tanqid qilinayotganiga munosabat bildirdi.
Murabbiyning aytishicha, u tashqaridan bo‘layotgan tanqidlarga e’tibor bermaydi.
"Butun Niderlandiya biz besh nafar himoyachi bilan o‘ynashimiz kerakligini aytardi. Biz aynan shunday o‘ynadik, ammo baribir tanqid qilindik. Yana bir bor takrorlayman: tanqidlarga parvo qilmayman", — dedi Kuman.
Niderlandiya milliy terma jamoasi JCH–2026dagi ishtirokini 1/16 finalda yakunladi. Jamoa asosiy va qo‘shimcha bo‘limlari 1:1 hisobida tugagan bahsda penaltilar seriyasida Marokash milliy terma jamoasiga imkoniyatni boy berdi. Penaltida marokashliklar 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.