Robaxon Mahmudova Oliy sud raisi lavozimiga saylandi
Oliy Majlis Senati kengashining majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi konstitutsiyaviy qonuniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimiga kiritilgan nomzod ko‘rib chiqildi.
Masala muhokamasi yakunida Oliy Majlis Senati kengashining Robaxon Anvarovna Mahmudovani sudyalik lavozimida bo‘lishning muddatsiz davriga va O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimiga besh yil muddatga saylash to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi.
***
Oliy Majlis Senati kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda Senat kengashi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga binoan Oliy Majlis Senati kengashi tomonidan Baxtiyor Jahongirovich Islomovni O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi lavozimidan ozod etish to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
N.Abduraimova,
O‘zA