Rivojlanish – ishning ko‘zini bilish degani
FOTOREPORTAJ
Surxondaryo viloyati Muzrabot tumanidagi “Suvonov Omonturdi” korxonasi sholini qayta ishlash va asosan guruch hamda guruch unidan makaron mahsulotlari ishlab chiqarish bilan shug‘ullanadi.
Kuniga yuz tonna sholini qayta ishlash quvvatiga ega korxonada olinadigan mahsulotning 65 foizini guruch tashkil etadi. Shu bilan birga, korxonada chorva mollari uchun guruch sechkasi va paxsasidan omuxta yem ishlab chiqarish ham yo‘lga qo‘yilgan.
[gallery-26121]
Korxonaning mahsulotlari mahalliy bozorda xaridorgir.
Jonibek QO‘ZIMURODOV (surat), O‘zA