Rivojlanayotgan xo‘jalik
Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi “Ixtiyor SMIK” fermer xo‘jaligi izchil rivojlanayotgan subyektlardan.
Farg‘ona viloyati Rishton tumanidagi “Ixtiyor SMIK” fermer xo‘jaligi izchil rivojlanayotgan subyektlardan.Faoliyatini paxta va g‘alla yetishtirish bilan boshlagan xo‘jalikda keyingi yillarda chorvachilik, parrandachilik, bog‘dorchilik, pillachilik yo‘nalishlari yo‘lga qo‘yildi. Issiqxona tashkil etildi, poliz ekinlari yetishtirish hamda meva quritish sexi, tikuvchilik tarmog‘i faoliyat ko‘rsatmoqda. Ayni paytda xo‘jalikda 100 dan ziyod ishchi mehnat qilmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilayotgan “Tashabbus – 2017” ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichida xo‘jalik rahbari Mo‘tabar Ahmedova “Eng yaxshi fermer” yo‘nalishida birinchi o‘rinni egalladi.