Rivojlanayotgan xoʻjalik
Nukus tumani “Baqanchoqli” ovul fuqarolar yigʻini hududidagi “Choʻpon ota Ernazar” masʼuliyati cheklangan jamiyati chorvachilikka ixtisoslashgan.

2019-yilda tashkil etilgan MCHJning chorvachilik kompleksida Avstriya davlatidan keltirilgan jami 90 bosh yirik shoxli zotdor mol parvarishlanmoqda.
–Davlatimiz tomonidan tadbirkorlar har tomonlama qoʻllab-quvvatlanmoqda, - deydi MCHJ rahbari Ernazar Saparov. – Biz, tadbirkorlarning biznes bilan shugʻullanishimiz, mahsulot ishlab chiqarishni yaxshi yoʻlga quyishimiz uchun tijorat banklari tomonidan imtiyozli kredit mablagʻi ajratilyapti.

Shu maqsadda oʻtgan yili “Xalq banki”ning Nukus shahar filialidan 2,5 milliard soʻmlik kredit olib, oʻz ish faoliyatimizni boshladik. Ayni vaqtda chorvachilik kompleksida 5 nafar kishi doimiy ish bilan band.
Tuman hokimligi tomonidan masʼuliyati cheklangan jamiyati uchun 40 gektar ekin yer maydoni ajratilgan. Xoʻjalik aʼzolari chorva mollarining kuz va qishga ozuqa bazasini tayyorlash maqsadida ekin maydonlaridan samarali foydalanib, ayni paytda makkajoʻxori va yana boshqa dehqonchilik ekinlarini yetishtirmoqda.
Kelgusida masʼuliyati cheklangan jamiyati aʼzolari chorva mollaridan olinadigan sutni qayta ishlash orqali, hudud aholisini bir qancha turdagi sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlashni rejalashtirgan.