«Real» uch futbolchi bilan xayrlashishga tayyorlanmoqda
Bundan tashqari, yarim himoyachilar Brahim Dias va Eduardo Kamavinga ham Mourinyoning asosiy tarkib rejasiga kirmayapti. Shunga qaramay, ularning kelajagi hozircha «Real» bilan bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Madridning «Real» klubi yangi bosh murabbiy Joze Mourinyo rejalariga kirmaydigan futbolchilar bilan xayrlashish uchun uchta transferni yakunlashga harakat qilmoqda. Bu haqda AS nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «qirollik klubi» himoyachi Raul Asensio hamda hujum chizig‘i futbolchilari Gonsalo Garsiya va Franko Mastantuono bilan xayrlashmoqchi.
Qayd etilishicha, Asensio vaziyatni o‘zgartirib, jamoada qolishni istamoqda. Biroq bu variantning amalga oshishi qiyin deb baholanmoqda. Futbolchining agenti Jorje Mendesh unga yangi klub izlashni boshlab yuborgan.
Shuningdek, Gonsalo Garsiya va Franko Mastantuono ham yaqin kunlarda klubni tark etishini bilmoqda. Garsiya doimiy transfer asosida ketishi kutilayotgan bo‘lsa, Mastantuono ijara asosida boshqa jamoaga yo‘l oladi.
Bundan tashqari, yarim himoyachilar Brahim Dias va Eduardo Kamavinga ham Mourinyoning asosiy tarkib rejasiga kirmayapti. Shunga qaramay, ularning kelajagi hozircha «Real» bilan bog‘liq bo‘lib qolmoqda.
Ma’lumotlarga ko‘ra, har ikki futbolchi ham jamoadagi o‘rni uchun kurashishni istayotganini klub rahbariyatiga ma’lum qilgan.