«Real» Rodri uchun ilk taklifni tayyorlamoqda
Futbolchi Madrid klubi bilan 2030-yilgacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma shartlarini kelishib olgan.
Madridning «Real» klubi «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodri Ernandes transferi bo‘yicha ilk rasmiy taklifni tayyorlamoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, «qirollik klubi» ispaniyalik futbolchi uchun 50–60 million yevro taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Qayd etilishicha, Rodri «Manchester Siti» bilan shartnomasini uzaytirishni rad etgan va faoliyatini «Real»da davom ettirishni istamoqda. Futbolchi Madrid klubi bilan 2030-yilgacha mo‘ljallangan uzoq muddatli shartnoma shartlarini kelishib olgan.
Eslatib o‘tamiz, Rodri 2026-yilgi jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasi safida g‘olib chiqqan va musobaqaning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.