«Real Madrid» futbolchilari ilk bor Jahon chempionatida Ispaniya terma jamoasidan joy olmadi
Bosh murabbiy Luis de la Fuente tomonidan JCh-2026 musobaqasi uchun e’lon qilingan yakuniy qaydnomaga «qirollik klubi»ning birorta ham a’zosi kiritilmagani mamlakat futboli solnomasida yangi sahifa ochdi.
Madridning «Real» klubi futbolchilari tarixda ilk bor Ispaniya milliy terma jamoasining Jahon chempionati uchun tarkibidan butunlay chetda qoldi.
Bosh murabbiy Luis de la Fuente tomonidan JCh-2026 musobaqasi uchun e’lon qilingan yakuniy qaydnomaga «qirollik klubi»ning birorta ham a’zosi kiritilmagani mamlakat futboli solnomasida yangi sahifa ochdi.
Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, shu vaqtga qadar Ispaniya milliy terma jamoasi ishtirok etgan barcha 16 ta jahon chempionatining har birida «Real Madrid» futbolchilari doimiy ravishda jalb etib kelingan. Joriy yilgi Shimoliy Amerika maydonlarida o‘tadigan turnir esa bu borada mutlaq chekinish bo‘ldi.
Yirik xalqaro miqyosdagi musobaqalarni oladigan bo‘lsak, «Real» o‘yinchilarining Ispaniya terma jamoasidan tashqarida qolishi bilan bog‘liq so‘nggi holat Luis Enrike boshqaruvidagi Yevro-2020 turnirida kuzatilgan edi. Unga qadar esa bunday holat faqat bir marotaba — bundan bir asr muqaddam, ya’ni 1920-yili Antverpenda o‘tgan Olimpiada o‘yinlarida qayd etilgan, xolos.