Raxmonova Sardora Muminjonovnaning filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“Ingliz va o‘zbek tillarida tadbirkorlik sohasiga oid leksik birliklarning struktur-semantik tahlili” mavzusida
Raxmonova Sardora Muminjonovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz va o‘zbek tillarida tadbirkorlik sohasiga oid leksik birliklarning struktur-semantik tahlili” mavzusidagi filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiya ishi himoyasi Termiz iqtisodiyot va servis universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.03/2025.27.12.Fil.13.02 raqamli Ilmiy kengashning 2026 yil 20 iyun kuni soat 9:00 dagi majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: Termiz shahar, Yulduz mahallasi, Ibn Sino ko‘chasi, 38-B uy, Termiz iqtisodiyot va servis universiteti majlislar zali.
Tel.: (+998 55) 452 77 77
e-mail: university@tues.uz