Ravon yo‘llar – manzilga eltar
FOTOREPORTAJ
Namangan viloyati Uychi tuman yo‘llardan foydalanish davlat muassasasi tasarrufida jami 258 kilometr umumfoydalanuvdagi avtomobil yo‘llari mavjud. Shundan 73 kilometri davlat ahamiyatiga, 185 kilometri mahalliy ahamiyatga ega yo‘llar hisoblanadi.
Ayni paytda mahalliy ahamiyatdagi 50V072 Jiydakapa – Mevazor (Guliston yo‘li) avtomobil yo‘lini ta’mirlash ishlari olib borilmoqda. Ushbu yo‘lning umumiy uzunligi 14 kilometr bo‘lib, hozirga qadar 10 kilometr qismidagi nosozliklar asfalt-beton qoplamasi bilan ta’mirlandi. Qolgan 4 kilometr qismda ishlar davom ettirilmoqda.
[gallery-29911]
Shuningdek, davlat ahamiyatiga ega D-105 Farg‘ona halqa yo‘lining 94–96-kilometrlari oralig‘ida ham asfalt-beton qoplamasini ta’mirlash ishlari bajarildi.
Mazkur ishlar harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish hamda aholi uchun qulay sharoit yaratishga xizmat qilmoqda.
Hotam MAMADALIEV (surat), O‘zA