Rasuli akram mo‘’jizalari «Sahihul Buxoriy»da...
O‘KSIGAN XURMO G‘O‘LASI
(II) 928. Jobir ibn Abdulloh roziyallohu anhumo aytadi:
«Bir xurmo g‘o‘lasi bor edi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam (xutba payti borib,) uning yonida turar edilar. U zotga minbar qo‘yilganda xurmo g‘o‘lasidan homilasi o‘n oylik tuyalarning tovushlari kabi (ovoz) eshitdik*.
Nihoyat, Nabiy sollallohu alayhi vasallam (minbardan) tushib, unga qo‘llarini qo‘ydilar (shunda u to‘xtadi)».
* Xurmo g‘o‘lasi Nabiy sollallohu alayhi vasallam goh uning yonida turib, goh uning ustiga chiqib, xutba qilishlariga shunchalik o‘rganib qolgan ediki, minbar paydo bo‘lganida o‘zini tark etilgan hisoblab, qattiq o‘ksigandi.
Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi