“Rassom ustaxonasi” Hayotiy ranglar musavviri (+video) 2- qism
“Rassom Ustaxona” loyihasining bu galgi bu galgi qahramoni o‘z asarlarida buyuk allomalarimiz, milliy o‘zligimizni aks ettirib, tasviriy san’at asarlari bilan xalqimizni hayratlantirayotgan rassom Erkin Orol hisoblanadi.
Erkin Orol natyurmort janrida ham o‘ziga xos uslubga ega. “Atirgulli natyurmort”, “O‘zbekiston mevalari”, “Oq dasturxon” kabi asarlarida milliy hayot tarzi va tabiat ne’matlari yorqin ranglarda tasvirlangan. Rassomning manzaralari esa O‘zbekiston tabiatining betakror go‘zalligini namoyon etadi. “Oq tosh”, “G‘uvasoy”, “Ugam daryo”, “Sangardak”, “Chustiy bog‘i”, “Chorvoq”, “Boysun bahori” va “Shohimardon” kabi asarlarda tog‘lar, bahor nafasi, qirlarda ochilgan lolalar va yam-yashil tabiat tasviri tomoshabin qalbiga iliq hislar bag‘ishlaydi.
Rassom Erkin Orol bilan suhbatimiz davomida ijodi milliy ruh, hayotga muhabbat va tabiat go‘zalligini ranglar orqali tarannum etuvchi badiiy olam haqida fikrlashdik.
Batafsil:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/Nrpu4t0j_As" title="“Rassom ustaxonasi”Hayotiy ranglar musavviri. 2- qism " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Munira Ramazonova, Nishonboy Abduvoitov, O‘zA