Rashidova Zulayho Olimjon qizining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida
“6-7 yosh bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ijtimoiy-hissiy ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusida
Rashidova Zulayho Olimjon qizining 13.00.08 – “Maktabgacha ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosligidan pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan “6-7 yosh bolalarni maktab ta’limiga tayyorlashda ijtimoiy-hissiy ko‘nikmalarni rivojlantirish metodikasini takomillashtirish” mavzusidagi dissertatsiya himoyasi Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi PhD.12/30.12.2019.Ped.08.01 raqamli Ilmiy kengashning 2025 yil 14 yanvar kuni soat 14:00 da o‘tkaziladigan majlisida bo‘lib o‘tadi.
Manzil: 100070, Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Yusuf Xos Hojib ko‘chasi 64-uy
Tel./faks: (99871) 150-01-27; (99871)150-01-27
e-mail: info@mdomoi.uz